11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Salomatlik
6 Iyun  2020 464

Sogʻayish davom etyapti

Toshkent shahrida 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 3 268 nafarga yetdi.

 

Ayni soatlarda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 72, kichigi esa 10 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sogʻayganlar soni 1 395 nafar tashkil etsa, davolanayotganlar soni 563 nafarni tashkil etadi.

Shunday qilib, bugun 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 3 268 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, bugun koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etib, jami oʻlim holatlari 17 nafarga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar 4 064 nafarni tashkil etadi.

Hozirda mamlakatimizning yetti hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 779 nafar bemor davolanyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech