06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,9 °C

Salomatlik
4 Iyul  2020 374

Sogʻayuvchilar soni boʻyicha rekord yangilandi

Bugun Toshkent va Namanganda 217 nafar bemor sogʻayib, yurtimizda sogʻayganlar soni 6 251 nafarga yetdi.

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 4 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 41 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 119 nafar, 3-son tugʻruq kompleksida 5 nafar, Namanganda 5 nafar, jami 217 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3 837 nafar bemor sogʻaydi.

Namanganda esa COVID-19dan tuzalganlar soni 286 nafarga yetdi.

Shu tariqa bugun Toshkent va Namanganda 217 nafar bemor sogʻaydi va sogʻayish koʻrsatkichi boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi. Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi rekord koʻrsatkich 27-iyunda qayd etilgan boʻlib, 202 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 6 251 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech