03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,3 °C

Xalqaro hamkorlik
19 Dekabr  2019 1142

JICA bilan uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari kelishib olindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan koʻp yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod boʻlgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni oʻz ichiga olgan yangi dastur oʻzaro kelishib olindi.

Kichik va oʻrta biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, taʼlim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech