30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,5 °C

Salomatlik
28 Mart  2020 942

Sog‘liqni saqlash vazirligi axboroti

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, 2020-yil 28-martning ayni paytiga qadar mamlakatimizda koronavirus iinfeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda. 

Bugun 39 yoshli 1 nafar erkak bemorda o‘lim holati qayd etildi. Vafot etgan bu bemor Fransiyadan yurtimizga birinchi kasallikni olib kelgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan. U o‘z kasalligini dastlab bilgan bo‘lsa-da, o‘zi vrach bo‘la turib, yurtimizda olib borilayotgan shuncha targ‘ibot ishlariga qaramay, shifokorlarga murojaat etmay, uyida yashirincha o‘zicha davolanishga uringani ma’lum bo‘lgan. 

U kasallikning og‘ir davri boshlangandan so‘nggina 26-mart kuni Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga tez yordam xizmati orqali yotqizilgan. 27-mart kuni esa Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga o‘tkazilgan. 

Shu o‘rinda barchani tashvishga soladigan bir jihat bor: bu bemor uyida bo‘lgan paytda qancha odamlar u bilan muloqot qilgan, muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olganlar o‘z navbatida yana qancha insonlarga tarqatgan. Nahotki, kishi o‘z sog‘lig‘i va yaqinlari xavfsizligi uchun shunchalik sovuqqon, befarq, xudbin bo‘lsa. Axir bu o‘z ota-onasiga, farzandlari, nevaralari, qo‘ni-qo‘shnilari, qarindosh-urug‘lari, xalqi, umuman Vataniga xiyonat emasmi? Nega haligacha odamlarimiz bu kasallik qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini anglab yetmayaptilar?! 

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Prezidentimiz rahbarligida barcha resurslar ishga solinib, zaruriy va qat'iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning zamirida eng avvalo xalqimiz, yurtdoshlarimiz, har bir fuqaromiz nobud bo‘lishining oldini olishdek muhim maqsad yotganligini bugun barchamiz qalbdan tushunib, o‘zimiz, oilamiz, yaqinlarimiz hayotini o‘ylab ish tutmog‘imiz kerak emasmi?

Ogohlik va uyda o‘tirish hamda shifokorlarning bergan tavsiyalariga to‘liq amal qilish barchamiz uchun bosh masala bo‘lmog‘i lozim!

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech