23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

Salomatlik
5 Iyul  2019 784

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tayinlov

Prezidentimizning tegishli qarori ijrosi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida ta'lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta'minlashga ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli klinika tashkil etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Dildora Rustamova  ushbu yangi ko‘p tarmoqli klinika  direktori etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

D.Rustamova 1992-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida va 2009-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Shu vaqtgacha u Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech