05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Mamlakatimizda
27 May  2020 357

“Sogʻlom turmush” medali taʼsis etildi

2020-yil 26-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OʻRQ-621-sonli “Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Qonun bilan “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etildi va medal toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

“Sogʻlom turmush” medali bilan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qoʻshgan hissasi uchun sogʻliqni saqlash muassasalari shifokorlari, OAV vakillari va blogerlar,fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar va boshqa shaxslar mukofotlanadilar.

Medal bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 10 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi va qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech