06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,6 °C

Moliya
14 Iyul  2020 387

Soliq auditini oʻtkazish tartibi belgilandi

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom (30.06.2020-yilda 3251-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) qabul qilindi.

Soliq kodeksiga muvofiq, soliq auditi soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi hamda toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish maqsadida, uning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash

Jinoyat ishi doirasida soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish Jinoyat-protsessual kodeks va Soliq kodeksi talablari asosida oʻtkaziladi.

Nizomga muvofiq, soliq auditi quyidagi soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi:

  • soliq organida xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti) orqali aniqlangan, yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub boʻlgan;
  • kameral soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha soliq organining talabnomasiga javoban aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), aniqlangan tafovutlar boʻyicha asos keltirmagan yoki taqdim qilingan asosnomalar yetarli emas deb topilgan yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub boʻlgan;
  • ixtiyoriy tugatilayotgan;
  • jinoiy ish qoʻzgʻatilgan;
  • avval oʻtkazilgan soliq auditi chogʻida soliq organiga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan.

Soliq auditi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan oʻz hududida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan soliq toʻlovchilarda;
  • yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yirik soliq toʻlovchilarda;
  • Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi.

Nizomda nazarda tutilishicha, soliq auditi:

soliq organining buyrugʻiga asosan oʻtkaziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi: soliq auditi oʻtkazish uchun asoslar, soliq toʻlovchining nomi va STIRi, soliq auditini oʻtkazuvchi shaxslarning F.I.O. va lavozimi, soliq auditini oʻtkazish muddati va uning maqsadi. Bir vaqtning oʻzida soliq auditini oʻtkazish dasturi ham tasdiqlanadi;

  • soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborganidan keyin 30 kalendar kun oʻtgach oʻtkazilishi mumkin;
  • soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi;
  • oʻtkazilgan soliq auditi toʻgʻrisida dalolatnoma imzolangan kunda tugaydi;
  • 30 ish kunidan ortiq davom etishi mumkin emas. Soliq auditini oʻtkazish muddati SK 142-moddasiga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
  • faqat daʼvo qilish muddati oʻtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab oladi;
  • soliq toʻlovchida aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar boʻyicha bir martadan ortiq oʻtkazilmaydi, bundan soliq auditini oʻtkazish chogʻida soliq organiga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno;
  • soliq toʻlovchining Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilganidan soʻng oʻtkaziladi.

Soliq auditi natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin 3 kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

Nizomda quyidagilarni amalga oshirish tartibi belgilangan:

  • soliq organi tomonidan soliq auditini oʻtkazish doirasida, auditni oʻtkazishdan oldin soliq toʻlovchiga hujjatlarni yuborish;
  • soliq auditini tayinlash;
  • soliq auditini tashkil etish va oʻtkazish;
  • tugatilayotgan soliq toʻlovchilarda soliq auditini oʻtkazish;
  • hudud va binolarni koʻzdan kechirish;
  • tekshirilayotgan soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish;
  • uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
  • hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qoʻyish.

Hujjatda soliq auditining ishtirokchilari ham sanab oʻtilgan va soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish tartibi koʻrsatilgan, deb xabar beradi Norma.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 30.06.2020-yildan kuchga kirgan.

 



O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech