11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
8 Iyul  2020 2222

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida:

 a) quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

- avtotransport vositalarining harakati cheklandi;

- davlat organlari va tashkilotlari ning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;

- davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish belgilandi;

- hududlar oʻrtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);

- tomosha, madaniy-koʻngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlandi;

- toʻy hamda boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazish taqiqlandi;

- 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining koʻchalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq boʻlib harakatlanishi cheklandi.

b) quyidagi obyektlar faoliyati toʻxtatildi:

- parklar va istirohat bogʻlaridagi attraksionlar;

- buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlar;

- sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;

- tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻquv kurslari va har qanday toʻgaraklar;

- umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

- sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

v) xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bogʻliq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:

- xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;

- xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha test topshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech