26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Xalqaro hamkorlik
11 Oktyabr  2019 1634

Oʻzbekiston va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech