06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Transport
10 Iyul  2020 411

Sotib olingan chiptalar kuymaydi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 13-iyul, dushanbadan mahalliy yoʻnalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar toʻxtatiladi. Chipta pullari yoʻlovchilarga qaytariladi.

10-iyuldan 1-avgustga qadar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ da 5 900 ta chipta sotilgan.

Sotib olingan chipta pullari yoʻlovchilarga qaytariladi.

“Uzbekistan airways” AJ tomonidan esa “Toshkent-Nukus”, “Toshkent-Urganch”, “Toshkent-Termiz” yoʻnalishlarida 332 ta aviachipta sotilgan.

Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati 1 yilgacha haqiqiy hisoblanadi. Aviaqatnovlar tiklanganda, yoʻlovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.

Avtobusda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yoʻl chiptalari 1-avgustdan 10-avgustgacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablagʻlari qaytariladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech