20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Mamlakatimizda
16 Yanvar  2020 1490

KFM xodimasi O‘zbekiston fuqarosini haqorat qildi

Boshqa millatga mansubligi tufayli Viborg tumani davlat va kommunal xizmatlar ko‘rsatish ko‘p funksiyali markazi (KFM)ning 2-sektor xodimasi O‘zbekiston fuqarosiga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdi.

Portal pv.uz/Pravda Vostoka/16 yanvar. Bunday hurmatsizlarcha munosabatdan xafa bo‘lgan hamyurtimiz Sankt-Peterburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Aleksandr Shishlovga murojaat qildi.
Ombudsmenga murojaatda shunday ta’kidlanadi: «Mensimasligini namoyish etib, inspektor S. arizani mutlaqo o‘ylab topilgan sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi hamda pasportim va hujjatlarimni qo‘pollik bilan menga tomon itqitib yubordi. Bildirishnomamning to‘g‘riligini tekshirgach, o‘z ishini vijdonan bajargan boshqa bir inspektorni kutishga majbur bo‘ldim».

Sankt-Peterburg ombudsmeni arizada keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi. Murojaat qilgan fuqaro qabulining audioyozuvi tinglangach, KFMning mansabdor shaxsi tomonidan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilgani tasdiqlandi. Xodima intizomiy javobgarlikka tortildi. O‘zbekiston fuqarosidan uzr so‘raldi.

Kelgusida bunday hodisalarning oldini olish uchun KFM rahbariyati tomonidan faoliyatdagi qat’iy aloqa tamoyillari va normalariga rioya qilish majburiyatlari, inson qadr-qimmatiga hurmatsizlikka va boshqa millat qabul qila olmaslikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi borasida jamoa bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi, deya keltiriladi Sankt-Peterburg Inson huquqlari bo‘yicha vakili veb-saytida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech