05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Madaniyat
27 May  2020 751

Madaniyat vazirligi faoliyati takomillashtiriladi

2020-yil 26-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4730-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi” davlat muassasasi deb qayta nomlandi.

Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi tugatilib, ularning balansida boʻlgan binolar hamda moddiy-texnik vositalari Madaniyat vazirligiga (vazirlik) oʻtkaziladi.

Vazirlik huzuridagi Madaniy meros departamenti (departament) va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tashkil etiladi.

Vazirlik huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tugatildi. Shuningdek, qaror bilan vazirlik huzuridagi “Madaniy meros tiklash-taʼmirlash” DUK hamda departament huzuridagi “Meros chashmasi” DUK tugatildi.

“Guliston”, “Teatr” va “Moziydan sado” jurnallari yagona tahririyatga birlashtirildi.

Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, geodeziya va kartografiya faoliyati, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat turlarini tegishli litsenziyalar olmasdan amalga oshirish huquqi berildi.

Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi vazirlik tizimiga oʻtkazildi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech