18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Turizm
17 Iyul  2019 1212

Samarqandda zamonaviy karvonsaroylar paydo bo‘ladi

BES Cultural Tourism Group (Xitoy) bosh direktori rahbarligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati surati.

Delegatsiya a’zolari shaharda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarga qulaylik yaratish uchun restoranlar, mehmonxonalar, do‘konlarlarni o‘z ichiga oladigan zamonaviy karvonsaroylar tashkil etishni taklif qildilar, deya xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi.

Xitoy tomoni ushbu loyihani amalga oshirish uchun Samarqand infratuzilmasiga qariyb 100 million dollar investitsiya kiritishga tayyor.

Buyuk Ipak yo‘lidagi karvonsaroylar tarmog‘ini qadimiy karvon yo‘li yo‘nalishlari bo‘ylab Markaziy Osiyo mamlakatlarining qator shaharlarida amalga oshirish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech