21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Xavfsizlik
21 Avgust  2019 501

Soxta xodim jinoyat ustida qo‘lga olindi

2019-yilning 17-iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan oliy ta'lim muassasalaridan birining talabasi hisoblangan 25 yoshli Biloliddin O. 29 yoshli Sardor A.ga o‘zini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtiradi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, u fuqaroni o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun ko‘z yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 AQSh dollarini so‘raydi.

Biloliddin O. Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida talab qilingan pulni olish vaqtida qo‘lga olindi.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech