12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Dolzarb
5 Iyul  2019 857

«SpaceX» sun’iy yo‘ldoshlarni yo‘qotdi

Amerikaning «SpaceX» kompaniyasi may oyida «Starlink» dasturi doirasida uchirilgan oltmishdan ortiq yo‘ldoshlarini yo‘qotishi mumkin edi, deb yozgan Twitterga amerikalik astronom Jonatan Makdauell.

Olimning aytishicha, sakkizta «Starlink» kosmik qurilmasi anomal traektoriyalar bo‘ylab harakatlana boshlangan, qolganlari deyarli belgilangan orbitaga chiqib olgan.

Iyun oyida «Starlink»ning oltmishta sun'iy yo‘ldoshdan uchtasini yo‘qotgani xabar qilingandi.

«Starlink» sun'iy yo‘ldoshlari may oyida internetga global kirishni ta'minlash uchun mo‘ljallangan «Starlink» missiyasi doirasida «Falcon 9» raketasi tomonidan ishga tushirilgandi.

2015-yilning yanvarida «SpaceX» tomonidan e'lon qilingan «Starlink» dasturi orbitasi balandligi 1110-1325 kilometr bo‘lgan 4425 qurilma va orbitasi balandligi 335-346 kilometrli 7518 ta apparatni ishga tushirishni o‘z ichiga oladi. Har bir sun’iy yo‘ldoshning massasi 386 kilogrammni tashkil etadi. Aloqa kanalining o‘tkazish quvvati har bir foydalanuvchi uchun soniyasiga bir gigabit bo‘lishi aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech