27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Mamlakatimizda
6 Mart  2019 1269

Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar savrindorlari OTMga tanlovsiz qabul qilinadi

Hukumat qarori (190-son, 05.03.2019 y.) bilan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumla'lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, sportning texnik va amaliy turlari, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta'lim muassasalariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Ilgari bu imtiyoz faqat sportning olimpiya turlari, “Kurash” milliy sport turi, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech