26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,7 °C

Xalqaro hamkorlik
22 May  2020 257

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun Oʻzbekistonda qoʻshimcha mablagʻ ajratadi.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSH hukumati Taraqqiyot agentligi (USAID) orqali Oʻzbekistonga qoʻshimcha 3 million dollar ajratishini eʼlon qiladi.

Bu va avvalroq eʼlon qilingan mablagʻ bilan AQSH hukumati sogʻliqni saqlash hamda diagnostika muassasalarida infeksiya tarqalishining oldini olish uchun maslahatlar va texnik koʻmak berish orqali Oʻzbekistonning COVID-19 ga qarshi olib borayotgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlamoqda. USAID ning Oʻzbekistondagi dasturlari keng koʻlamli test oʻtkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash hamda virus yuqtirib olgan bemorlarga oid holatni yaxshilashga ham yordam bermoqda. Bundan tashqari, USAID dasturlari koronavirus tarqalishini toʻxtatishga koʻmaklashish va dezinformatsiya yoyilishining oldini olish maqsadida aholining zaif qatlamlariga aniq va toʻgʻri maʼlumot yetkazish orqali mahalliy jamoalar bilan munosabatlarda hamkorlik qilmoqda.

COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash bilan birga, USAID mamlakat iqtisodini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni kuchaytirish, salomatlikka jiddiy xavflarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirishda hukumat imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqda, deb xabar beradi AQSHning Oʻzbekistondagi Elchixonasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech