12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Yashil sayyora
4 Dekabr  2019 394

Chiqindilarni alohida yig‘ish bo‘yicha tajriba boshlandi

Chiqindilarni alohida yig‘ish bo‘yicha tajriba uchun Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy mahallasi tanlandi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Mahalladagi barcha uylar oldiga plastik va qog‘oz, oziq-ovqat chiqindilari va boshqa chiqindilar uchun uchtadan quti qo‘yiladi. Bundan tashqari, shisha va zararli chiqindilar (batareyalar, lampalar, telefonlar, televizorlar) alohida yig‘iladi. «Maxsustrans» avtomobillari haftaning muayyan kunlarida chiqindi turlaridan bittasini olib ketadi, deya xabar beriladi poytaxt hokimligi saytida.

Agar darrov ajratib bo‘lmaydigan chiqindilar uchrasa, ularni «umumiy chiqindi»ga tashlash tavsiya etiladi. Yig‘ilishda plastik shishalarning qayta ishlanishidan olingan mahsulot - yumshoq mebel uchun issiq tutuvchi va to‘ldiruvchi vazifasini o‘tovchi plastik paxta namoyish etildi.

2028 yilga qadar shahar tashqarisida to‘rtta zavod quriladi va ularda 60% chiqindi qayta ishlanadi.

Bugungi kunda Yakkasaroy tumanida «Ekologiya» MChJ bilan hamkorlikda chiqindilarni utilizatsiya qilish liniyasi ishga tushirilgan, ularda sakkiz turdagi chiqindilar saralanib, qayta ishlanmoqda. Oldindan saralangan chiqindi tezroq qayta ishlanadi, zero, bu eng ko‘p vaqt sarf bo‘ladigan jarayondir. Saralash jarayonini aholining o‘ziga o‘tkazish utilizatsiyani yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkon beradi.

Toshkent shahri har yili 6%ga ko‘proq chiqindi chiqarmoqda. Agar choralar ko‘rilmasa, 15 yil davomida chiqindi hajmi ikki barobarga ortadi va uni olib chiqish va utilizatsiya qilishning imkoni bo‘lmay qoladi.

Ushbu muammoni hal qilishi mumkin. Tajriba natijalarini kutamiz.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech