05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Sanoat
27 Yanvar  2020 1452

«SamAuto» birinchi «ISUZU D-Maxi» pikaplari sotuvini boshladi

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi «ISUZU D-Maxi» pikaplari sotuvi boshlandi. «SamAuto» yangi avtomobillari lineykasi taqdimoti 2019-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi.

Avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan bo‘lib, narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.

Joriy yilning 20-yanvaridan 24-yanvariga qadar «SamAutoi» zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat. Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan «D-MAX IRBISi» modifikatsiyasini afzal bildilar. «D-MAX IRBISi» 865 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi.

O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech