31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Salomatlik
4 Aprel  2020 3703

Yurtimizdagi koronavirus infeksiyasi statistikasi

Koronavirusga chalingan 263 nafar fuqarodan 102 nafari xorijda, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bo‘lgan.

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 263 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 102 nafari xorijda, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bo‘lgan.

Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yosh jihatidan hisoblaydigan bo‘lsak,

0-9 yoshgacha – 8 nafar;

10-19 yoshgacha – 10 nafar;

20-29 yoshgacha – 51 nafar;

30-39 yoshgacha – 63 nafar;

40-49 yoshgacha – 73 nafar;

50-59 yoshgacha – 40 nafar;

60-69 yoshgacha – 13 nafar;

70-79 yoshgacha — 5 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirga qadar xorijda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni tashkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveytsariya (1) kabi davlatlarda bo‘lib qaytgan.

161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg‘ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

 Shu kungacha 25 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech