13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Moliya
24 Iyul  2019 1281

Alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 oktyabrdan oshadi

Prezidentimizning «Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Farmonga muvofiq, Adliya vazirligining Telegram-kanali xabar berishicha, 2019-yil 15-avgustdan boshlab siqilgan gazni yakuniy iste'molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi.

Bundan tashqari, 1-oktyabrdan boshlab spirtli ichimliklar uchun aksiz solig‘i stavkasi o‘rtacha 10 foiz va tamaki uchun 20 foizga oshadi.

Spirtli va alkogol ichimliklar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

uzreport.news surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech