30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Ta'lim
6 Fevral  2020 5060

Stipendiyalar yangi tartib bo‘yicha to‘lanadi

2020-yil 31-yanvarda Hukumatning 59-sonli  «Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-fevraldan:

- davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020-o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);

- semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 86 va undan yuqori ball to‘plaganlar, ya’ni  faqat a’loga o‘zlashtirgan talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;

- semestr yakuni bo‘yicha reyting ko‘rsatkichi 71 balldan kam bo‘lgan, ya’ni fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi  (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).

Shuningdek, qaror bilan 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun talabalarning o‘zlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda to‘lanadigan stipendiyalar miqdori ham belgilangan, deya xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech