07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Mamlakatimizda
25 May  2020 481

Suv tejamkorlikni talab qiladi

Suv yetkazib berish boʻyicha xarajatlar suvdan foydalanganlik uchun soliq miqdoriga qoʻshiladi.

2020-yil 22-mayda Hukumatning 310-sonli “Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga qoʻshish orqali amalga oshiriladi.

Qaror bilan Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurslarini boshqarish, hisobga olish hamda isteʼmol qilingan suv resurslarining hisobotini yuritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Suv xoʻjaligi obyektlarida suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar joriy etiladi.

Jumladan, suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida jami 18 576 ta qurilma oʻrnatiladi.

Shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi jami 1 687 ta nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanishda “onlayn” rejimida nazorat qilish joriy etiladi.

2023-yil 1-dekabrga qadar suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan toʻliq jihozlanadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech