13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Salomatlik
4 May  2020 6628

1 370 nafar bemor sog‘ayib chiqdi

Toshkent shahridagi uchta klinikada 23 bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar bemor butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatidan 1 nafardan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 1 nafari Rossiyadan Qozog‘istondan orqali, yana 1 nafari Qozog‘istonning o‘zidan, yana 1 nafari esa Turkiyadan yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 455 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 51 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1 370 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech