25 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,2 °C

Kеyingi avlod
15 Yanvar  2020 2403

Mamlakat yosh iste'dodlarni kutib oldi

O‘zbekistonning bir guruh o‘quvchilari 9-14-yanvar kunlari Almati shahrida bo‘lib o‘tgan matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha 16-Xalqaro Jautik olimpiadasida (IZHO) ishtirok etdilar.

Portal pv.uz/Pravda Vostoka/ 15-yanvar. Olimpiadada Bolgariya, Daniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Mo‘g‘uliston, Nepal, Norvegiya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, Shvetsiya va MDH mammlakatlaridan kelgan 600 qatnashchi 84 ta guruhga bo‘linib ishtirok etdi.

Ushbu fanlar olimpiadasi 2005-yildan boshlab har yili Almati shahrining respublika fizika-matematika maktabida STEMga ixtisoslashtirilgan (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik matematika) maktablar jamoalari ishtirokida o‘tkazib kelinadi.

O‘zbekiston vakillari olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro Jautik olimpiadasi g‘oliblarini tantanali kutib olish marosimi Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tdi.

Takidlash joiz, Eldor Neymatov, Jahongir Norboev va Diyorbek Talibovlar 2016-yilda Taliandda, 2018-yilda Bolgariyada va 2019-yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika konkursi (IMC), 2019-yilda respublika olimpiadasi medallarini qo‘lga kiritgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech