17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Bilasizmi?
23 Avgust  2019 601

Og‘zi ikkita g‘alati baliq

Amerikadagi Plattsburg shahrida istiqomat qiluvchi er-xotin ov payti og‘zi ikkita bo‘lgan gulmohi balig‘ini tutishdi.

Debbi Gedesning aytishicha, eri bilan Shampleyn ko‘lida baliq ovlashayotganlarida gulmohi (forel) balig‘ini tutishgan, deb xabar beradi Daily Mail. Tutgan o‘ljasini aylantirib ko‘rgan er-xotin hayratga tushishibdi, baliqning og‘zi ikkita ekan. Eng qizig‘i, og‘iz bo‘shlig‘ining ikkalasi ham to‘laqonli rivojlangan. Uni bir necha marta suratga tushirgan Debbi baliqni yana ko‘lga qaytarib qo‘yib yuboribdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, baliq ko‘l suvining ifloslanishi yoki boshqa baliqchi yetkazgan jarohat tufayli mutatsiyaga uchragan bo‘lishi mumkin. «Ko‘rinishi g‘alati bo‘lsa-da, gulmohi balig‘i juda faol va sog‘lom edi», deydi Gedes.

 

facebook.com/Debbie Geddes surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech