19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
25 Sentyabr  2019 516

Surxondaryoda qadimiy tangalarning noqonuniy olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Bojxona nazoratidan yashirilgan va yo‘lovchining bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 52 birlikdagi qadimiy tangalarni yuki orasiga yashirgan xorijiy fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ular fuqaroning shaxsiy buyumlari orasidagi afg‘on qozoni qopqog‘i rezinasi ostiga yashirilgan ekan.

O‘tkazilgan tekshiruvlardan aniqlanishicha, topilgan tangalar miloddan avvalgi III-II asrlarga taalluqli va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb qilingan.

Surxondaryo viloyati DBQB «Ayritom» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan madaniy boyliklar daliliy ashyo sifatida musodara qilingan va ayni paytda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech