19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
26 Sentyabr  2019 484

Surxondaryoda bank xodimi tadbirkorga katta zarar yetkazdi

“O-N” MChJ rahbarining murojaatiga asosan “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialida o‘tkazilgan tekshirishda, bank va jamiyat o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan, jamiyatga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun'iy suv xavza barpo etish va baliq chovoqlari hamda omuxta yem sotib olish uchun 3 yil muddatga yillik 16 foiz bilan 1 mlrd. so‘m kredit ajratilgan.

Bank filialining Qishloq xo‘jaligi sub'ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.Ibragimov mansab mavqyeini suiiste'mol qilgan, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

“O-N” MChJga ajratilgan 410 mln. so‘mlik kredit mablag‘ining so‘ndirilmaganligini bila turib, filial boshqaruvchisining nomidan notarial idoraga jamiyat tomonidan 410 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari muddatidan oldin qaytarilganligi to‘g‘risida xat bergan. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etib, “O-N” MChJga ajratilgan 350 mln. so‘m kreditni o‘zlashtirib, jamiyat manfaatiga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filiali Qishloq xo‘jaligi sub'ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.Ibragimov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 233-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech