21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Xavfsizlik
8 Iyul  2019 742

Surxondaryoda 20 yoshli qiz tug‘ib, bolasini hojatxonaga tashlab ketdi

02-iyul kuni soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 y.t.) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Xabibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol esa chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech