20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Kеyingi avlod
4 Yanvar  2019 1928

Surxondaryoda “A’lo ta’til” loyihasiga start berildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xalq ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “A’lo ta’til” loyihasiga Surxondaryo viloyatidagi “Xalqaro yoshlar oromgohi”da start berildi. 3-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “A’lo ta’til” dam olish va ijod oromgohida Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 192 nafar a’lochi o‘quvchilar hordiq chiqarishadi.

– Ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirgan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar ichidan 192 nafarini tanlab oldik. Loyihada fan olimpiadasi g‘oliblari, chorakni a’lo baholar bilan tugatgan, darslarni namunali o‘zlashtirgan eng faol va a’lochi o‘quvchilar jam bo‘lishgan. Bir hafta davomida o‘quvchi-yoshlarimiz birgalikda yangi loyihalar ustida ishlab, maroqli hordiq chiqarishadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash bo‘lim mudiri Durdona Rahimova.

Loyiha davomida o‘quvchi-yoshlar uchun turli sport tadbirlari, madaniy dasturlar, sayohatlar tashkil etiladi. Bu esa mamlakat yoshlarining o‘zaro tajriba almashishlari, ta’til davrini foydali va mazmunli o‘tkazishlarida ayni muddao.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech