19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
7 Oktyabr  2019 370

Surxondaryodagi maktabda bo‘lgan janjalda direktor ham pichoqlandi

5-oktabr kuni soat 08:30 larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumta'lim maktabida fuqaro B.Yu. (1982 y.t., ishsiz) turmush o‘rtog‘i bilan maktab direktorini pichoqladi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘zaro janjal natijasida B.Yu. oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining qorin sohasiga bir marotaba uradi. Shundan so‘ng ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorining tanasini turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmokda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech