18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Transport
28 May  2019 458

“Surxonobod” stansiyasi o‘zaro tovar ayriboshlash va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantiradi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tashuvlar sonini oshirish, tranzit yuklarni tashish, vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish maqsadida “Surxonobod” stansiyasi barpo etildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ matbuot xizmati.

Tantanali ochilish marosimida ushbu yangi yuk o‘tkazish maskani ikki mamlakatni bog‘lovchi “yangi darvoza” sifatida faoliyat olib borishi qayd etildi.

Shu kunga qadar mamlakatimizning janubiy qismidagi tranzit tashuvlar qo‘shni Turkmaniston Respublikasining “Boldir” stansiyasi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda eksport va import yuk aylanmasi yangidan bunyod etilgan “Surxonobod” stansiyasi orqali amalga oshiriladi. Stantsiyada davlat chegarasini kesib o‘tadigan temir yo‘l hududida bojxona xizmati va boshqa nazorat turlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

“Surxonobod” stansiyasi ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash, eksport va import xizmatlarini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eng muhimi, ikki davlat xalqlarlari o‘rtasida o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech