16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Energetika
17 Aprel  2019 1104

“Svet” narxi kamida 3 yil o‘zgarmaydigan bo‘ladi

Hukumat qarori (310-son, 13.04.2019 y.) bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Hujjat bilan, tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Iste'solchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar bo‘yicha foydalanishini ta'minlash shular jumlasidandir.

Tariflarni belgilashda aholining kam ta'minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoya qilinadi.

2023-yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste'molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Hujjat bilan tariflarni shakllantirishning prinsiplari belgilandi.

Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy ta'sirga duchor etilmaydi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech