26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
3 Iyun  2019 380

Tabiiy, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshmaydigan bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qaroriga asosan 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi. Ammo narxlar oshirilmadi.

Sababi yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste'molchilarga ta'sirini yengillashtirish maqsadida 2019-yil 31-mayda Vazirlar Mahkamasining yangi qarori imzolandi.

“Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi mazkur qaror bilan 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.

Mazkur qaror bilan sohaga oid boshqa yangiliklar ham amaliyotga joriy etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech