23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
20 Mart  2019 1569

Tadbirkorga berilgan maktab binosi va yer maydoni o‘quv muassasasiga qaytarildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yer maydoni va qo‘shimcha binosi o‘quv muassasasiga qaytarildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

2018-yilning 20-iyunida Quva tumani hokimi maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino inshootlarini o‘quv muassasasi rahbari qarshiligiga qaramay tuman hokimligi zahirasiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Qaror Quva tumani xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilmagan holda qabul qilingan.

Quva tumani hokimiyati yer maydoni va qo‘shimcha bino inshootlarini mahalliy tadbirkorga foydalanishga topshirgan.

Maktab ma’muriyati mazkur qarorni bekor qilish bo‘yicha sudga murojaat qildi. Sudning birinchi instansiyasi hokimiyat foydasiga qaror chiqargan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi hokimiyatning qarorini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.T.Mahmudov va Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatovlar sud jarayonida Xalq ta’limi vazirligiga yordam so‘rab murojaat etdilar.

Xalq ta’limi vazirligi tegishli choralar ko‘rib, Farg‘ona viloyat prokuraturasiga murojaat qildi. Vazirlik va prokuratura vakillari maktabning qo‘shimcha bino inshootlari hamda yer maydonlarini maktab ixtiyorida qoldirishda katta yordam bergan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech