27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Ijtimoiy hayot
29 Mart  2020 1951

Tadbirkorlar tashubbusi tahsinga loyiq

Toshkent shahri va Yuqorichirchiq tumanida karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilmoqda.

Xabaringiz bor, koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlarini samarali olib borish, turli chet davlatlardan kelayotgan hamyurtlarimizni karantinga olish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida karantin tadbirlari uchun yirik hajmdagi moslashtirilgan bazalar tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda mazkur karantin bazalarini barcha zarur anjomlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashda bir guruh tadbirkorlarning tashabbus ko‘rsatayotganligi alohida tahsinga loyiqdir.

Xalqimizda azal-azaldan qiyin davrlarda bir-biriga ijtimoiy yordam berish, ko‘llab-quvvatlash, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lish, saxovat ko‘rsatish - qadriyat sifatida e’zozlangan.

Toshkent shahar hokimligi respublikamizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga samarali hissa qo‘shayotgan:

«Dentafill Plyus», «Oskar Furniture», «B.H.T», «Candy Gold» va «N’medov» korxonalariga minnatdorlik bildiradi va kelajakda bu kabi tashabbuskor tarbirkorlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ma'lum qiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech