01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Urbanizatsiya
21 Fevral  2020 1668

Tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etamiz!

Yashnobod tuman hokimligi yangi barpo etilayotgan yerusti metro yo‘lining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan 11,2 kilometr masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan metro yo‘li bo‘ylab aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo‘laklari bunyod etish ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Hamkorlik qilish istagidagi fuqarolarimiz quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Toshkent shahar, Farg‘ona yo‘li 21 uy. Yashnobod tuman hokimligi. Yoki (71) 2839835;  (99898) 3111613 telefonlari orqali ma’muriyat bilan bog‘lanishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech