03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,2 °C

Mamlakatimizda
22 May  2020 725

Tajribamiz qoʻshnilarga qoʻl keldi

Tojikistonlik hamkasblariga koʻmaklashib qaytib kelgan mutaxassislarimiz munosib kutib olindi.

Avval xabar berganimizdek, tajribali va malakali bir guruh shifokor mutaxassislarimiz Tojikiston Respublikasiga yoʻl olishgan edi.

Bugun tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borgan shifokorlarimiz yurtimizga qaytishdi.

Mutaxassislarimiz tomonidan safar davomida Tojikiston shifokorlari ishtirokida qator anjumanlar tashkil etilib, ularda Oʻzbekistondagi epidemik vaziyat va kasallikning oldini olishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlar haqida batafsil maʼlumot berildi, oʻzaro fikr va tajriba almashindi. Shuningdek, samarali davolash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va shifoxonalarda zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha master-klasslar ham oʻtkazilgan.

Yurtimizdan borgan anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog kabi mutaxassislarimiz tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda qator tavsiyalar ishlab chiqishdi va shu asosda samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Qaytib kelgan tibbiy guruhning barcha 8 nafar aʼzolari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech