15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Mamlakatimizda
24 Aprel  2019 1006

Talabalar selda oqib ketayotgan odamlarga yordam berdi

Toshkent davlat texnika universiteti Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti talabalari murabbiy boshchiligida «O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil» aksiyasi doirasida dam olish kunlari Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, sayohat davomida viloyatning Qo‘shrabot tumanida kursdoshlari uyida mehmon bo‘lgan talabalar 2019 yil 20 aprel kuni selda oqib kelayotgan avtomashina ichidagilarni – butun boshli oila a'zolarining hayotini saqlab qolishgan.

Talabalar oqim bilan kelayotgan «Neksiya» avtomobilini to‘xtatib, uning ichidan er-xotin, ularning ikki oylik chaqalog‘i hamda buvisini qutqarib olishgan.

Bir necha kundan buyon yog‘ayotgan yomg‘ir shu kabi ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech