27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Ijtimoiy hayot
30 Mart  2020 422

Talabalar xayrli ishga qo‘l urdilar

Buxoro Davlat universiteti talabalari ham niqob tikib, bepul  tarqatdilar.

Buxoro davlat universitetining bir guruh ko‘ngilli talabalari ustozlari boshchiligida boshqa OTMlardagi tengdoshlari safiga qo‘shilib, xayrli ishga qo‘l urdilar.

Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin joriy qilinishi va shaxsiy gigiena vositasi bo‘lgan niqoblarga ehtiyoj ortishi sababli talaba-yoshlar universitet TTJda beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil etilgan o‘quv ustaxonasida 1 000 dona niqob tikib, bepul tarqatdilar.

Niqoblar universitet talabalari turar joyidagi xorijlik talabalar, Buxoro shahridagi 32 – sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Buxoro shaharidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yotoqxonasidagi aholi vakillariga bepul tarqatildi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech