30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,8 °C

Ta'lim
6 Mart  2020 1611

Ta’lim tizimi rivoji xorijiy tajriba asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 5-martda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazir o‘rinbosari U.Begimqulov Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman hamda «Education First» xalqaro hamkorlik kompaniyasi direktori Karl-Yohan Vestring bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimini takomillashtirishda O‘zbekiston va Shvetsiya hamkorligi istiqbollari va amalga oshirilayotgan dasturlar muhokama qilindi.

Muzokarlar «Education First» kompaniyasi va vazirlik o‘rtasida o‘qituvchi va talabalarning ingliz tilini bilish darajasini baholash va tilni o‘lashtirish darajasini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokamasi bilan ham davom etdi.

U.Begimqulov, shuningdek, kompaniya bilan hamkorlik pedagogikaga ixtisoslashgan OTMlardagi nolingvistik ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirish darajasini oshirishda birgalikda ish olib borish bo‘yicha ham taklif bildirdi. 

Shu bilan birgalikda, uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichiga ingliz tilidan kirish imtihonlarini xolisona baholash uchun kompaniya vakillarini jalb etish masalalari ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etish lozim, Shvetsiyaning «Education First» kompaniyasiga 1965-yilda asos solingan bo‘lib, kompaniya bugungi kunda dunyoning 116 mamlakatida 46 mingdan ortiq hamkorlarga ega.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech