09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,1 °C

Madaniyat
4 Fevral  2020 1666

«Lazgi» raqsi UNESCO ro‘yxatidan joy oldi

Avval xabar berilganidek, UNESCO O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Xorazmning «Lazgi» raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritgan edi.

Mazkur qaror 12-dekabr kuni Kolumbiyaning Bogota shahrida UNESCO nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan edi.

UNESCO bosh direktori Odri Azule xonim tomonidan imzolangan bu haqdagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga saqlash uchun topshiriladi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan Baxshichilik san’ati va etnik sport turlarini ham ushbu ro‘yxatga kiritishga doir ishlar olib bormoqda, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech