06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Harbiy
5 Avgust  2019 622

“Tank biatloni” bo‘yicha vakillarimiz hozircha guruhda birinchi o‘rinda bormoqda

Beshinchi xalqaro armiya o‘yinlarining “Tank biatloni” yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar musobaqaning birinchi shartini ko‘ngildagidek bajarishdi. 3-4-avgust kunlari o‘tkazilgan musobaqada serjant Ubaydulla Turdialiev yetakchiligidagi ekipaj a'zolari berilgan to‘siqlarni bekamu ko‘st bajarishga harakat qildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida 13 ta jamoa ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo Shri-Lanka va Janubiy Afrika respublikasi jamoalari mazkur musobaqaga yetib kelmaganligi sababli hozirda guruhda 11 ta jamoa birinchilik uchun kurash olib bormoqda.

“Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarni Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Musobaqa jarayonida ishtirok etayotgan xalqaro toifadagi mutaxassislar ham jaoamizning chiqishini alohida e'tirof etib, yuqori baholashgan. Shu kungacha guruhda 7 ta jamoa birinchi shart bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajargan bo‘lsa, vakillarimiz ular ichida birinchi o‘rinda bormoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech