19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,5 °C

Kеyingi avlod
18 Oktyabr  2019 475

Tarbiyasi og‘ir bolalarni oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlash bo‘yicha me'yorlar tasdiqlandi

Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa buyumlar bilan ta'minlash me'yorlari tasdiqlandi, deb xabar qiladi “Huquqiy axborot” kanali.

Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (17.10.2019 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, alohida sharoitda tarbiyalash va ta'lim berishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun  o‘g‘il bolalar va  qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalarining maqomi, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Ushbu muassasalarning asosiy vazifalaridan biri tarbiyalanuvchilarni davlat ta'lim standartlari asosida majburiy umumiy o‘rta ta'lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Muassasalarga 14 – 18 yoshdagi tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi.

Tarbiyalanuvchilar muassasalarda axloqan tuzalgunlariga qadar, lekin 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘ladilar.

Qaror bilan, shuningdek, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta'minlash me'yorlari tasdiqlandi.

Ma'lumot uchun, Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi Prezidentning 2019-yil 29-maydagi qarori bilan tegishli maktab-internatlar negizida tashkil etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech