07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Mamlakatimizda
19 Fevral  2020 987

Tarixga nazarni o‘zgartgan asar

Bugun Abduqahhor Ibrohimovning yana bir kitobini, aniqrog‘i, «Bizkim, o‘zbeklar»ning yangi, beshinchi nashrini o‘quvchilar qo‘liga oldi. O‘zbek adabiy tilini chuqur qadrlovchi adibning bu asari ham millatining tarixini dunyoga tanitish yo‘lida olib borayotgan izlarishlarining yana bir natijasi bo‘ldi. Ushbu kitobda ilimiy-tarixiy faktlar juda ko‘p bo‘lib, ular o‘rinli ravishda keltirilgan. Kitob o‘zbek davlatchilik tarixi haqida bo‘lib, tabiiy-jo‘g‘rofiy holatlar tarixiga oid axborotlar qiziqarli yo‘sinda berilgan.

 

 Milliy iftixor tuyg‘usi tarbiyasiga xizmat qiluvchi mazkur kitobda Vatanimiz tarixiga, tarixiy ma'lumotlarga ilmiy nazar bilan birga yozuvchi ilg‘or ziyoli ko‘zi bilan qarab yondoshilgani tufayli asar o‘qishli chiqqan.

Abduqahhor Ibrohimovning «Bizkim, o‘zbeklar» kitobi O‘zbekiston tarixining eng muhim sohasi – milliy davlatchilik tarixini ochib beradigan muhim qo‘llanma bo‘lgan.

Akademik Aziz Qayumovning iborasi bilan aytganda «Muallif o‘z xalqiga muhabbatini ilmiy-adabiy ma'lumotlar, ularning sharhi va mazmundor mulohazalari bilan boyitgan holda izhor etgan». Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu kitobdan ijtimoiy yo‘nalishdagi ko‘pgina soha vakillari qo‘llanma sifatida ham foydalanadilar. 

 Asar ko‘pgina tarixiy voqyealarga aniqlik kiritilganligi bilan ham o‘quvchining qiziqishini orttiradi. Abduqahhor Ibrohimov  davlatchiligimiz tarixining biz bilgandan ham serqirra ekanligini isbotlay olgan. Shu o‘rinda bir tarixiy voqyeaga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Muallif Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi ziddiyatni ikki xalqning ikki farzandi sifatida emas, bir xalqning ikki farzandi o‘rtasidagi hokimiyat talashuvi sifatida ko‘z o‘ngimizda namoyon etgan.

Shubhasiz, ushbu asarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa, yosh avlodning Vatanga muhabbat hissini kuchaytirish, o‘zbek tilining yanada sayqal topishi hamda tilimizga, qolaversa, tariximizga kelajak avlodning hurmati oshishi asar ahamiyatini yana bir bor kuchaytiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech