05 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Moliya
3 Dekabr  2019 211

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki qayta tashkil etildi

Prezident qarori (30.11.2019 y.) bilan unitar korxona shaklidagi ”O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyat shaklida qayta tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Moliya vazirligi va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning ta'sischisi hisoblanadi.

Qarorda “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, AJ aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantiradi, AKTdan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech