22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Kеyingi avlod
31 Oktyabr  2019 481

TATUda OTMlar orasida birinchi o‘quv media-markazi ochildi

2017-yil 6-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o‘rtasida “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida”gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolangandi.

Shunga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan o‘quv media-markazi ochildi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

O‘quv media-markazining asosiy maqsadi ta'lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar berish, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, bu orqali esa yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdir.

Media o‘quv markazida texnik qurilmalarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Markazda TV dasturlarni syomka qilish, audio-video studiya, raqamli fotostudiya, video montaj, audio yozish qurilmalari o‘rnatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech