13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
4 Dekabr  2019 360

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Endilikda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o‘z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o‘tmishning yetuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi, deb xabar qiladi O‘FA matbuot xizmati.

 

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.
Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech