15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Mamlakatimizda
6 Sentyabr  2019 353

Temur tuzuklari bilimdoni

Kuch tuzilmalariga qarashli harbiy qism va muassasalaridagi yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining respublika bosqichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Millliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 15-iyul kunidagi qo‘shma qarori asosida joriy yilning iyul-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Markaziy apparati, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, uning quyi tizimlaridagi yosh xodimlar o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining saralash va hududiy bosqichlari o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning respublika bosqichi esa joriy yilning 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi press-klubida tashkil etilib, unda tanlovning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar yosh harbiy xizmatchilar o‘zaro bellashdilar.  

Tanlovning yakuniy bosqichida “Amir Temur va hozirgi zamon”, “Amir Temurning harbiy saboqlari” hamda “Amir Temur o‘gitlari bilimdoni” shartlari yuzasidan hakamlar tomonidan taqdim etilgan savollar bo‘yicha ishtirokchilar o‘zlarining egallagan bilimlari asosida sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyati hududiy bosqich g‘olibi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati katta inspektori katta leytenant Farrux Abduraxmanov faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech