15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Xavfsizlik
3 Iyul  2019 1123

Andijonda teplovoz mast xolatda yotgan fuqaroning oyog‘ini bosib ketdi

Andijon-2 temir yul bekatining 183 kilometri 6-piketi 7-yo‘lida bo‘sh vagonlarni saralayotgan ChMZ-5928-sonli manyovr teplovoz ushbu yulda mast xolatda temir yo‘l relsi ustida yotgan shahrixonlik fuqaro E. A.ning oyoqlarini bosib o‘tib ketgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi ma'lum qilgan.

Ushbu baxtsiz xodisa joriy yilning 27 iyun kuni soat tungi 00.45 larda ro‘y bergan.

Natijada fuqaro E.A.ning ikkala oyoq tizzasi tepa qismidan kesilgan. Bemor respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga joylashtirilgan bo‘lib, unga «travmatik, ikki oyoq tizzasidan tepa qismidan temir yo‘l ta'siri ostida kesilishi» tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi mahalliy auz.uz xabarida.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech